Audio-Matnga

O'zbekcha ovozli yozuv

Istalgan ilovada tugmani bosing, o'zbekcha gapiring — matn kursor turgan joyga o'zi yoziladi. Telegram, brauzer, hujjat, xat — qayerda bo'lsangiz.

To'liq oflayn — ovozingiz qurilmangizdan chiqmaydi Bepul va ochiq kodli Lotin alifbosi
macOS

macOS 13+ · Apple Silicon va Intel

Diktovka tugmasi: D

Mac uchun yuklab olish

.pkg · 2 MB · model o'rnatishdan keyin yuklanadi

Internet sekin yoki uzilib qolsa — to'liq versiya (748 MB), model ichida, internet kerak emas

Windows

Windows 10 va 11 · 64-bit

Diktovka tugmasi: Ctrl Alt D

Windows uchun yuklab olish

.exe · 8 MB · model o'rnatishda yuklanadi

Internet sekin yoki uzilib qolsa — to'liq versiya (749 MB), model ichida, internet kerak emas

Ilova bepul

Bu ilova bepul va shunday qoladi — reklama yo'q, obuna yo'q, ma'lumotingiz sotilmaydi. Agar foydali bo'lsa va imkoningiz bo'lsa, qo'llab-quvvatlashingiz mumkin. Majburiy emas, ilovaning hamma imkoniyatlari baribir ochiq.

HUMO
9860 1606 0855 5431
VISA
4231 2000 9261 0830
UZCARD
5614 6818 5541 0035
Karta egasi Muhammad Mirkabilov

Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat — bu keyingi yangilanishlarga va yangi loyihalarga yordam beradi.

Qanday ishlatiladi

Uch qadam. Boshqa hech narsa kerak emas.

  1. Kursorni matn yoziladigan joyga qo'ying — Telegram, brauzer, hujjat, farqi yo'q
  2. Diktovka tugmasini bosing va o'zbekcha gapiring
  3. Tugmani yana bosing — matn o'sha joyga yoziladi
Windows: mikrofonni albatta tanlang

Windows'da standart qurilma ba'zan «Stereo Mix» bo'lib qoladi — u ovozingizni emas, kompyuterdagi ovozni yozadi va tushunarsiz matn chiqaradi.

Ilova birinchi ochilishda Sozlamalarni ko'rsatadi va bunday qurilmalarni ogohlantirib beradi. Bluetooth quloqchin ham aniqlikni pasaytiradi — imkon bo'lsa oddiy mikrofon ishlating.

Windows: «Model yuklab olinmadi» xatosi chiqsa

785 MB fayl uchun barqaror internet kerak. Ulanish uzilsa o'rnatuvchi uch marta qayta uradi, keyin xato beradi. Ikkita yechim bor:

  • To'liq versiyani yuklab oling — model uning ichida, internet umuman kerak emas (yuqoridagi havola)
  • Yoki modelni alohida yuklab oling (brauzer yoki yuklab olish menejeri bilan — ular uzilishdan keyin davom ettiradi), so'ng ggml-rubaistt.bin faylini setup.exe turgan papkaga qo'ying va o'rnatuvchini qayta ishga tushiring. U faylni o'zi topadi.
Windows: «Windows protected your PC» chiqsa

Ilova hali kod imzosi sertifikati bilan imzolanmagan, shuning uchun Windows ehtiyot bo'ladi. Bir martalik yechim:

  • «Batafsil» / «More info» tugmasini bosing
  • Keyin «Baribir ishga tushirish» / «Run anyway»
macOS: o'rnatish qanday kechadi

Yuklab olingan .pkg faylni ikki marta bosing → ContinueInstall. macOS administrator parolini so'raydi — bu ilovani /Applications papkasiga joylash uchun.

Ilova Apple notarizatsiyasidan o'tgan va imzolangan, shuning uchun «noma'lum dasturchi» ogohlantirishi chiqmaydi.

O'rnatilgach ilova o'zi ishga tushadi va menyu satrida 🎙 ikonka paydo bo'ladi — sozlamalar, fayl transkripsiyasi va donat shu yerda.

macOS: Accessibility ruxsati

Matn avtomatik joylashishi uchun bir marta ruxsat kerak: System Settings → Privacy & Security → Accessibility → «Audio-Matnga» ni qo'shing va yoqing.

Windows'da bunday ruxsat kerak emas.

Nima uchun bu boshqacha

Ovozingiz hech qayerga yuborilmaydi.

O'zbek tiliga maxsus

rubaiSTT modeli — umumiy modellar emas, aynan o'zbek nutqi uchun o'qitilgan.

To'liq oflayn

Server yo'q, internet kerak emas. Ovoz ham, matn ham qurilmangizda qoladi.

Har qanday videokartada

Windows'da NVIDIA, AMD va Intel — farqi yo'q. Videokartasiz ham ishlaydi.

Sozlanadigan tugma

Diktovka tugmasi band bo'lsa yoki yoqmasa — Sozlamalardan o'zgartiring.

Yengil

Menyu satrida jim turadi. Model uch daqiqa ishlatilmasa xotiradan bo'shaydi.

Ochiq kodli

Butun kod GitHub'da. Nima qilayotganini o'zingiz tekshirishingiz mumkin.

Tezlik va aniqlik

O'lchangan qiymatlar — 208 soniyalik o'zbek nutqi, RTX 3060 va Ryzen 7 5800X.

RejimVaqt10 s nutq uchun
Videokarta (Vulkan)25 s~1,2 s
Protsessor196 s~9,4 s

Aniqlik: Google FLEURS o'zbek to'plamida so'zlarning 83% to'g'ri tanilgan. Bu yangiliklar uslubidagi murakkab matnlar — kundalik oddiy gaplarda aniqlik yuqoriroq.