Istalgan ilovada tugmani bosing, o'zbekcha gapiring — matn kursor turgan joyga o'zi yoziladi. Telegram, brauzer, hujjat, xat — qayerda bo'lsangiz.
macOS 13+ · Apple Silicon va Intel
Diktovka tugmasi: ⌃ ⌥ D
Mac uchun yuklab olish.dmg · 785 MB · model ichida
Windows 10 va 11 · 64-bit
Diktovka tugmasi: Ctrl Alt D
Windows uchun yuklab olish.exe · 8 MB · model o'rnatishda yuklanadi
Internet sekin yoki uzilib qolsa — to'liq versiya (749 MB), model ichida, internet kerak emas
Bu ilova bepul va shunday qoladi — reklama yo'q, obuna yo'q, ma'lumotingiz sotilmaydi. Agar foydali bo'lsa va imkoningiz bo'lsa, qo'llab-quvvatlashingiz mumkin. Majburiy emas, ilovaning hamma imkoniyatlari baribir ochiq.
Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat — bu keyingi yangilanishlarga va yangi loyihalarga yordam beradi.
Uch qadam. Boshqa hech narsa kerak emas.
Windows'da standart qurilma ba'zan «Stereo Mix» bo'lib qoladi — u ovozingizni emas, kompyuterdagi ovozni yozadi va tushunarsiz matn chiqaradi.
Ilova birinchi ochilishda Sozlamalarni ko'rsatadi va bunday qurilmalarni ogohlantirib beradi. Bluetooth quloqchin ham aniqlikni pasaytiradi — imkon bo'lsa oddiy mikrofon ishlating.
785 MB fayl uchun barqaror internet kerak. Ulanish uzilsa o'rnatuvchi uch marta qayta uradi, keyin xato beradi. Ikkita yechim bor:
ggml-rubaistt.bin faylini setup.exe turgan
papkaga qo'ying va o'rnatuvchini qayta ishga tushiring. U faylni
o'zi topadi.
Ilova hali kod imzosi sertifikati bilan imzolanmagan, shuning uchun Windows ehtiyot bo'ladi. Bir martalik yechim:
Ilova Developer ID bilan imzolangan, lekin hali Apple notarizatsiyasidan o'tmagan. Birinchi marta:
Bir marta shunday qilsangiz, keyin doim normal ochiladi.
Matn avtomatik joylashishi uchun bir marta ruxsat kerak: System Settings → Privacy & Security → Accessibility → «Audio-Matnga» ni qo'shing va yoqing.
Windows'da bunday ruxsat kerak emas.
Ovozingiz hech qayerga yuborilmaydi.
rubaiSTT modeli — umumiy modellar emas, aynan o'zbek nutqi uchun o'qitilgan.
Server yo'q, internet kerak emas. Ovoz ham, matn ham qurilmangizda qoladi.
Windows'da NVIDIA, AMD va Intel — farqi yo'q. Videokartasiz ham ishlaydi.
Diktovka tugmasi band bo'lsa yoki yoqmasa — Sozlamalardan o'zgartiring.
Menyu satrida jim turadi. Model uch daqiqa ishlatilmasa xotiradan bo'shaydi.
Butun kod GitHub'da. Nima qilayotganini o'zingiz tekshirishingiz mumkin.
O'lchangan qiymatlar — 208 soniyalik o'zbek nutqi, RTX 3060 va Ryzen 7 5800X.
| Rejim | Vaqt | 10 s nutq uchun |
|---|---|---|
| Videokarta (Vulkan) | 25 s | ~1,2 s |
| Protsessor | 196 s | ~9,4 s |
Aniqlik: Google FLEURS o'zbek to'plamida so'zlarning 83% to'g'ri tanilgan. Bu yangiliklar uslubidagi murakkab matnlar — kundalik oddiy gaplarda aniqlik yuqoriroq.